Aniqlanishicha, mashina gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen oʻramlar mohirlik bilan yashirilgan.
Oʻramlar ochib koʻrilganda esa ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida oʻtkazilgan ekpertiza xulosasiga binoan 52 kg. 877 gr. ogʻirlikdagi “gashish” hamda 2 kg.dan ziyod “geroin” giyoxvanlik vositasi, 1 dona yelim idish ichida modda esa 950 gr. sintetik giyoxvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan 329 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 298 kg. ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.