Avtomobil signalini sababsiz bosgan haydovchi jarima toʻlaydimi?

    Bu boʻyicha qanday tartib-qoidalar bor?

    Qonunchilikka koʻra, tovushli ishoralar aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun va zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun. Qoʻllanilishi mumkin.

    Boshqa hollarda esa tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

    Tovush signalini sababsiz berish, transportlarga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish, BHMning 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.