Avtomobil zavodida odamsimon robot ish boshladi

    Mercedes-Benz kompaniyasi ishchi kuchi yetishmaydigan Vengriyadagi zavodida odamsimon robotlardan foydalanishni boshladi.

    Loyiha Amerikaning Apptronik kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Apollo robotlari odamlarning o'rnini egallaydi va yordamchi sifatida ishlaydi. Taxminlarga ko'ra, ishlab chiqarish liniyasida ularga omborlardan kerakli narsalarni etkazib berish vazifasi yuklanadi.

    Modulli gumanoid Apolloning birinchi taqdimoti 2023-yilning avgustida o'tkazilgan. Robotning og'irligi 73 kilogramm, bo'yi 172 santimetr bo'lib, 25 kilogrammgacha bo'lgan yuklarni ko'tara oladi. Robot odam qo'liga o'xshab ketadigan kuchli manipulyatorlar bilan jihozlangan. Uni quvvatlantirish uchun quvvati 4 soatlik faol ishlash uchun yetarli bo'lgan almashtiriladigan batareyalar qo'llaniladi, deb xabar beradi techcult.ru.