Avtomobilga gaz ballon oʻrnatish uchun ruxsatnomani olish osonlashdi

    My.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon oʻrnatish uchun ruxsatnomani olish jarayoni soddalashtirildi.

    Endi faqatgina onlayn ariza toʻldirish va uni Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborish kerak. Qolgan ishlarni YHXX xodimlari amalga oshiradi.

    Ariza koʻrib chiqilgach, natija shaxsiy kabinetga yuboriladi.

    Xizmat narxi – 123 600 soʻm (0,3 BHM).

    Xizmatni koʻrsatish muddati – 10 kun ichida.