Erali Bozorov, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari:
«2021-yilda oʻtkazilgan reydlar davomida 2928ta transport vositasiga noqonuniy, oʻzboshimchalik bilan gaz balon oʻrnatish holati aniqlandi.
Amaldagi tartibga muvofiq, transport vositasiga oʻrnatilgan gaz balonlari har uch yilda texnik sinovdan oʻtkazilishi lozim. Biroq 3 mingdan ortiq holatda transport vositalari sinovdan oʻtkazilmasdan boshqarib yurganligi aniqlandi. Koʻrilgan choralar natijasida noqonuniy oʻrnatilgan va sinovdan oʻtkazilmagan balonlarning 2 mingga yaqini yechib olindi.
Bu kabi holatlar fuqarolarning hayotiga xavf tugʻdirmoqda. Masalan, Andijon viloyatida shu yilning 1-yanvar kuni noqonuniy oʻrnatilgan balonga gaz toʻldirilishi oqibatida transport vositasi haydovchisi ogʻir jarohat oldi, uning ortidagi taksi haydovchisi esa vafot etdi»