Kredit shartnomasi boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari oʻz majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmadi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudi kredit qarzini undirish uchun jamiyatning garovga qoʻyilgan mulklariga qaratdi.
Jumladan, 2 ta “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor gaz stansiyasi”ga, 1 ta “1000 bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik kompleksi”ga, 1 ta “Gul koʻchatlari yetishtirishga moʻljallangan gulbogʻxona”ga, 1 ta omborxona va binolar.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasiga kelib tushgan boʻlib, olib borilgan ijro harakatlari jarayonida jamiyat rahbari ushbu qarzdorlikni toʻlash yuzasidan boʻyicha bir necha bor ogohlantirilib, bank hisobraqamlariga elektron inkasso topshiriqnomalar yuborilgan, barcha mol-mulklari taqiqqa olinib, xatlangan.
Ammo qarzdorlik toʻlanmaganligi natijasida garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor gaz stansiyasi”ga va “1000 bosh qoramolga moʻljallangan chorvachilik kompleksi” qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida elektron onlayn auksionga chiqarildi.
Kredit mablagʻi oʻz vaqtida toʻlab borilganida shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmas va kelgusida boshqa bir tadbirkorning kredit resurslaridan foydalanishiga zamin yaratilgan boʻlar edi.