Vazirlar Mahkamasi rahbari bu yil “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda Chevrolet ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan Qozogʻiston avtomobilsozligi yetakchisining ishlab chiqarish koʻrsatkichlari va salohiyati bilan tanishdi.
Zavodga tashrifi davomida Mamin “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va “Gruppa kompaniy “Allyur” AJ direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Tomonlar Qustanaydagi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlarini, shuningdek Qozogʻistonda “UzAuto Motors” AJ eksporti va savdo tarmogʻi rivojlanishi masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, ikki mamlakat oʻrtasida qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha hamkorlikning ehtimoliy istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakatning yirik mashinasozlari bir necha yillardan buyon yaqin hamkorlikda ekanliklari, bu bilan nafaqat oʻz salohiyatlarini, balki Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini ham oʻstirib borayotganliklari qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 28-martda Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirlari ishtirokida “SariarkaAvtoProm” zavodida yangi “Chevrolet” avtomobillarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgandi.
Bir oy oʻtgach, mamlakatda ilk avtomobillarning sotuvi boshlangani maʼlum qilindi. Bugun esa, Qozogʻistondagi eng mashhur brend – “Ravon” misolida, Chevrolet Qozogʻistondagi talabgor avtomobillar reytingida dadil yuqorilab bormoqda, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.