“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining oʻn birinchi syezdi davom etmoqda.
Partiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.
Toʻrtta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo boʻlishi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkazilishi (hozir 350 ming) qayd etildi.
Bunda yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi. Umuman, sanoatda qoʻshilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi. Yuqori qoʻshilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratilishi taʼkidlandi.