Tekshiruvda fuqaro Sh.D. ushbu MCHJda koll-sentr operatori vazifasida ishlagan davrida, MCHJ muhriga egalik qilib, tadbirkorlar M.A. va E.P.ga “Damas” va “Cobalt” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilish uchun qalbaki shartnomalar rasmiylashtirib berib, ularning jami 226,6 mln soʻmini qoʻlga kiritib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 5 mln soʻmi qoplanishi taʼminlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.