Joriy yilning 23-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi koʻmagida Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va Koreyaning “SILKROSS” kompaniyasi vakillari oʻrtasida respublikada avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish markazlarini tuzish loyihasini muhokama qilish maqsadida videokonferensiya orqali muzokaralar olib borilishdi.
Tadbir davomida, Janubiy Koreya hamkorlari bilan jismoniy va yuridik shaxslar, transport vositalari egalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishdagi xalqaro talablar, transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishidagi samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbatlashuv yakunlariga koʻra ushbu sohadagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni davom ettirishga kelishildi.