"G'ishtko'prik” chegara bojxona postiga qo'shni davlatdan fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “LADA LARGUS”  rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko'rigidan o'tkazildi. Avtotransport vositasining bagaj qismida “Original Dutch Passion Seeds” nomli 9 o'ram "Kannabis" giyohvandlik vosita urug'lari hamda ushbu urug'larini ekish uchun qo'llanma kitob borligini aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.