Biroq, bojxona chegaralari orqali o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar afsuski uchramoqda.

 Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan,  fuqaro  boshqaruvidagi “Toyota Land Cruiser 200” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining salon qismida bo‘lgan qo‘l chemodani ichida hech qanday ruxsatnomasi bo‘lmagan, “BIO” nomli  4,25 mm  12/70 kalibrli jami  25 dona o‘q-dorilar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.