Unga koʻra:

Respublika yoʻl jamgʻarmasi negizida yoʻl xoʻjaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ijrochi organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Avtoyoʻlinvest agentligi tashkil etilsin.

Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari:

  • yoʻl xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu

jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan

hamkorlik qilish;

  • yoʻl xoʻjaligi sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat

moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablagʻlarini jalb qilishda ishtirok etish;

  • tender savdolari natijasida gʻolib boʻlgan pudrat tashkilotlar bilan

tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish;

  • loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish,

shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yoʻl xoʻjaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni oʻz vakolati doirasida bartaraf etish choralarini koʻrish;

  • tegishli vazirliklar va idoralar, shuningdek yoʻl xoʻjaligi sohasidagi

loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatiga koʻmaklashish;

  • investitsiya dasturi prognozlarini oʻz vaqtida ijrosini amalga oshirish

hamda yakunlangan ishlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishni taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Agentlik oʻzining huzurida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida yoʻl xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari tashkil etadi;

Agentlik huzurida tashkil etiladigan loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.