Qarorga koʻra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga oʻquvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda oʻquvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.
Maʼlumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.









