Uning so'zlariga ko'ra, Vladimir Zelenskiyning maslahatchilari unga bu taklifga rozi bo'lishni tavsiya qilishgan.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, “endi kelishuv ehtimoli yuqoriroq ko'rinadi”. Suhbatdoshlardan birining so'zlariga ko'ra, hujjat “sezilarli darajada yaxshilangan” va “Ukraina qonunchiligiga mos keladi”. Endi kelishuv go'yoki “Zelenskiyning ba'zi xavotirlarini inobatga oladi”, xususan, undan bitimni Nyu-York sudining yurisdiktsiyasiga bo'ysundiradigan band olib tashlandi. Qo'shimcha tafsilotlar keltirilmagan.
Zelenskiyning bir qancha maslahatchilari unga Donald Tramp bilan “yangi mojarolarga yo'l qo'ymaslik” uchun yangilangan hujjatni imzolashni va unga Ukrainani qo'llab-quvvatlayotganini asoslash imkoniyatini berishni maslahat bergani aytiladi.
Ukraina nodir metallarini birgalikda ishlab chiqish taklifini 2024-yil oktabr oyida Vladimir Zelenskiyning o'zi bildirgan edi. AQSh ikki marta Ukrainaga kelishuv loyihasini taqdim etishga urindi: G'aznachilik vaziri Skott Bessentning Kiyevga tashrifi chog'ida va xavfsizlik bo'yicha Myunxen konferensiyasida. Vashington Kiyevning yer resurslarini o'zlashtirishdan tushgan daromadning 50 foizini, shuningdek, ushbu ishlanmalar uchun uchinchi shaxslarga berilgan litsenziyalarning 50 foizini oladi deb taxmin qilingan edi, deb xabar beradi kommersant.ru.