Ularning ma'lumotlariga ko'ra, AQSh Davlat departamenti Kongressni yahudiy davlati bilan tuziladigan shartnoma, ya'ni Isroilning AQShdan qurol-yarog' va o'q-dorilar oladigan bitim tuzish niyati haqida norasmiy ravishda xabardor qilgan. Xususan, AQSh Isroilga qiruvchi va hujum vertolyotlari uchun havo-havo raketalari, artilleriya snaryadlari, kichik diametrli bombalar, qo'shimcha JDAM o'q-dorilari to'plamlari, 500 funt og'irlikdagi bomba (taxminan 227 kg) va boshqa o'q-dorilar bilan ta'minlaydi.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, kelishuv “Isroil xavfsizligini uzoq muddatli qo'llab-quvvatlash” uchun mo'ljallangan. Ba'zi qurollar to'g'ridan-to'g'ri Pentagon omborlaridan Isroilga yetkazilishi kutilmoqda, ammo aksariyat qurollarni yetkazib berish “bir yil yoki undan ko'proq vaqtni oladi”.
Axiosning ta'kidlashicha, Isroilga ehtimoliy qurol savdosi AQSh Vakillar palatasi va Senatning Tashqi aloqalar qo'mitalari tomonidan tasdiqlanishi kerak, deb xabar beradi tass.ru.