Aydarko‘l suv havzasi bo‘yida ekoturizm uchun 10 ta kemping hamda 10 ta “yurta” qurildi

    Sayyohlar ovqatlanishi uchun 62 o‘rinli restoran, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Yurtimizda turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni taraqqiy toptirish va xalq farovonligini yuksaltirishga alohida e'tibor bermoqda. Jumladan, Aydarko‘l suv havzasi bo‘yida “OXUS ADVENTURE” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ekoturizm uchun 10 ta kemping hamda 10 ta “yurta” (xalqimiz tilida “qora uy” deyiladi) qurildi.

    Kempinglarning 3 tasi uch kishilik bo‘lib, qolgani 2 kishilikdir. Har bir kemping alohida jihozlangan. Shuningdek, har biriga isitish va sovutish moslamalari, televizor o‘rnatilgan. 10 ta “yurta”ning har birida 5 nafardan sayyoh istiqomat qilishi imkoniyati mavjud. Sayyohlar ovqatlanishi uchun 62 o‘rinli restoran faoliyat olib boryapti. Mehmonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.