2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahri Dukent qoʻrgʻonida joylashgan aholi yashash punktida Ayiq yurgani haqidagi video tarqatilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan shu vaqtning oʻzida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ayiq ushlanib, xavfsiz joyga joylashtirilgan. Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda IIV xodimlari va mutaxassislar manzilga yetib kelgan.
Hozirda ayiqni qutqarish choralari koʻrilmoqda. Hozirda ayiq Gurum mahallasida sogʻ-omon va xodimlar nazoratida. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu yil erta bahorda togʻda olcha, olma va shunga oʻxshash mevalarni sovuq urib ketganligi sababli ayiq ozuqa izlab aholi yashash joylarigacha tushib kelgan. Erta tongdan ayiqni yovvoyi tabiatga qaytarish rejalashtirilgan.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.