Aylanma soliqdan QQSga oʻtadigan korxonalar bir yil davomida foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi

    Bugungi kunda soliq tekshiruvlari boʻyicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion soʻmlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi oʻrniga salbiy taʼsir qiladi.

    Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirilgani hisobiga bu soliq rejimida ishlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin koʻpaymoqda.

    Lekin hali koʻpchilik QQSga oʻtsam, hisob-kitob qiyinlashadi, buxgalter olishim kerak, xarajat oshadi, deb shubhalanmoqda.

    Shu bois, aylanma soliqdan QQSga oʻtadigan korxonalar bir yil davomida foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi, hisobotida xatolik boʻlsa ham, jarima qoʻllanmaydi, buxgalterlar maoshining 5 million soʻmgacha qismi olti oygacha bunday korxona toʻlayotgan soliqdan chegirib tashlanadi.

    Bugungi kunda soliq tekshiruvlari boʻyicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion soʻmlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi oʻrniga salbiy taʼsir qiladi.

    “Shu bois bugun oʻziga xos «amnistiya” eʼlon qilamiz, ushbu tekshirishlar boʻyicha jazo qoʻllanmaydi. Buning oʻrniga 1-noyabrgacha tadbirkorlarimizga barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy toʻgʻirlash imkoni beriladi.

    Bir soʻz bilan aytganda, 1-noyabrdan boshlab biznes vakillari tadbirkorlik reytingini “toza sahifadan” boshlaydi», — dedi Prezident.