Ta'lim muassasalarini tugatganda yoki o'qishni bir ta'lim muassasasidan boshqasiga ko'chirganda aylanma varaqani to'ldirish amaliyoti bekor qilinib, “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

 talaba o'z profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun so'rov jo'natish imkoniyatiga ega bo'ladi;

oliy ta'lim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar bo'limi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona mas'ullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;

 talaba o'z profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi, deb yozmoqda oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.