Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Shayxontohur-film” kinostudiyasi tomonidan “Ayol qalbi” badiiy filmining suratga olish ishlari boshlandi.

Mazkur kinokartina tibbiyot sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, bemorlarning dardiga darmon boʻlayotgan shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi.

Ssenariy mualliflari Jamilaxon Poʻlatova va Zulfiya Yoʻldosheva, postanovkachi rejissyor Jamilaxon Poʻlatova, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Dilshod Mamadaliyev, kompozitor Sardor Ergashev.

Hozirda ijodiy guruh “Film Production Bukhara” studiyasi koʻmagi bilan Buxoro viloyatida syomka jarayonlarini olib bormoqda, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.