Yozuvchilar uyushmasi hayʼat aʼzolari jami 68 nafar muallifning tanlovga kelib tushgan 124 ta asarini koʻrib chiqdi. Hayotimiz quvonchi, oilalarimiz koʻrki boʻlgan moʻtabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan, bugun jamiyatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik koʻrsatib, salmoqli natijalarga erishayotgan xotin-qizlarga bagʻishlangan sheʼriy, nasriy hamda badiiy-publitsistik asarlar saralanib, xolisona baholandi.

“Ayolga ehtirom” tanlovining 1-, 2-, 3-darajali hamda ragʻbatlantiruvchi oʻrinlariga Yozuvchilar uyushmasining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, ushbu tadbirda 14 nafar faol ijodkorga uyushmaning aʼzolik guvohnomalari ham topshirildi.

Tadbir mushoira bilan davom etdi.