Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazida poytaxtimizning Yunusobod, Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumani xalq banki mutaxassislari, “Ayollar daftariga” kirgan xotin-qizlar ishtirokida trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Treningda bank va mijoz munosabatlarining huqqkiy asoslari, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishbilarmonlikka doir imkoniyat va yangiliklar xususida soʻz bordi.
Chilonzor tuman xalq banki Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorligi markazi bilan hamkorlikda keyingi 2 hafta ichida Chilonzor, Zarqaynar, Qatortol 2, Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qilayotgan 15 nafar ayolga tikuvchilik, sartaroshlik, tomorqa xoʻjaligi, pazandachilik singari yoʻnalishlarda oʻz bizneslarini boshlashlari uchun imtiyozli kredit olishga koʻmak berdi.
Bundan avval Ijozat Asqarovaga tosh oʻymakorligi hunarini davom ettirish uchun kredit olib berilgandi. Maʼlum muddat oʻtgach, Ijozat “Ayollar daftari”dan chiqariladi.
Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi matbuot xizmati.