Jumladan, musobaqaning soʻnggi kunida -40 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Shohista Shonazarova oltin medal uchun oʻtgan bellashuvda yaponiyalik An Nakanishini 11:0 hisobida yengdi. Natijada ayollar kurashi boʻyicha mamlakatimizda mazkur yosh toifasida jahon chempioni boʻlgan ilk qizga aylandi.
Shu tariqa, ayollar kurashi boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz bittadan oltin va kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Bugun, 2-avgust kuni chempionatning erkin kurash bellashuvlarida vazni -55 kg. boʻlgan polvonimiz Abdumalik Jaloliddinov yaponiyalik Jinnosuke Okonogi bilan final bosqichida raqobatlashadi.









