Ayni damda, ishchi guruh aʼzolari ishtirokida Buxoro tumanida “Ajrim - yechim emas!” va “Oila mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz!” mavzularida ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, notinch oilalar muhitini sogʻlomlashtirish, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga doir targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida “Ayollar daftari”ni shakllantirish boʻyicha I va II bosqich roʻyxatlariga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, imtiyozli kreditlar olishlarida amaliy yordam berish hamda muhtojlik va boqimandalik kayfiyati yuzaga kelishi oldini olishga doir soʻz yuritildi.

Bunda, tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oʻz tashabbuskorligi bilan oilasini kam taʼminlanganlik, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojlilik holatlaridan chiqarishga oʻz hissasini qoʻshgan xotin-qizlarning faoliyatlariga doir koʻrgazma tashkil etilib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri