Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish qo‘mitasining yozishicha, Birja savdolarida, benzinning 80 foizi 1 tn lotlarda qolgan qismida vagon normasida (60 va 55 tn) sotilmoqda va bugungi kunda birja savdolarida AI-80 benzinini sotib olish bo‘yicha cheklov o‘rnatilmagan.
Joriy yilning avgust oyida benzin narxlarining oshishi natijasida mahsulot xarid qilinishining maksimal miqdori 5 tn etib belgilangan edi.
O‘z navbatida, mazkur choralar hamda taklifni oshirilishi joriy yilning sentyabr oyi oxirida hamda oktyabr oyining birinchi yarmida birja savdolarida benzin narxlarining 10 foizgacha pasayishiga va bir muncha barqarorlashishiga olib keldi.
Ushbularni inobatga olgan holda, shuningdek jahon bozorlaridagi yuzaga kelgan salbiy tendensiyalardan (neft narxlarining oshishi, benzin eksportiga o‘rnatilgan cheklovlar) kelib chiqib import narxlarining ichki bozorga ta'sirini yumshatish maqsadida 17-oktabrdan mahsulot xarid qilinishining maksimal miqdori 10 tngacha oshirildi.
Bugungi kunda, respublikadagi 2 mingdan ortiq AYOQSHlarning 99 foizida AI-80 benzini 6800 so‘mgacha bo‘lgan barqaror narxlarda sotilmoqda.
Benzin bilan ta'minlashda, Qo‘mita tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda benzin bozorida tanqislik va ajiotajni oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlaridan kelib chiqib tezkor zarur choralarni ko‘rib boradi.