"Uzgidromet" maʼlumotlariga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-20 darajagacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 dekabrda 7-12 daraja sovuq, 7-8 dekabrda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda baʼzi joylarda bir oz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq, baʼzi joylarda 3 daraja sovuqqacha, 6 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 7-8 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, baʼzi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6-8 dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6-8 dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 6-8 dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 5-6 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.