Toshkent shahrida qisman bulutli, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin, tuman tushishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +5…+7 daraja iliq, kunduzi +11…+13 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida qisman bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +0…+5 daraja iliq, baʼzi joylarda +1…+3 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida isman bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, choʻl zonasida 0…+2 daraja iliq, kunduzi +11…+16 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida qisman bulutli, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Yogʻingarchiliksiz kun. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan sharqqa 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qisman bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qisman bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qisman bulutli, kechasi va kunning birinchi yarmida joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 m/s gacha kuchayishi, joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +12…+17 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida qisman bulutli, yomgʻir qorga aylanishi mumkin, baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0…+5 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja iliq boʻladi.