Ayrim hududlarning elektr ta’minotida 25 daqiqa uzilish kuzatilgan

    Bugun Qashqadaryo viloyatidagi “Tolimarjon” issiqlik elektr stansiyasining 2 ta bugʻ-gaz qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

    Natijada Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

    Soʻng yuqoridagi barcha isteʼmolchilar zaxira manbalar yordamida elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan.

    Hozirgi vaqtda mazkur stansiyaning maxsus brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.