Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga toʻgʻri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):
- kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari boʻyicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
- kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti boʻlgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
2025-yil 1-apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.
2028-yil 1-yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.