Unga koʻra, 2025-yil 1-sentyabrdan umumiy oʻrta taʼlim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambagʻal oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar toʻlovidan ozod etiladi.
2026-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqiydigan farzandlarining Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sogʻlomlashtirilishi xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambagʻal oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.









