Ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past

    Oliygohlarda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi taʼkidlandi.

    Soʻnggi toʻrt yilda oliygohlarni ilmiy tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari 3 karra koʻpaydi. Ulardan daromad 6 karra oshgan.

    Lekin ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past. Ixtirolarini patentlashda ham hamma birdek emas.

    Kooperatsiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi boʻlib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.