Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.

Bunda, ustama Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchilarga toʻlanadi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini menejerlik boʻyicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etilishi belgilandi. Direktor har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.