Tegishli tarkibda Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.
2021-yil 1-sentyabrgacha Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa maʼlumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli maʼlumotlar platformasi yaratiladi.
Qarorga mavofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan grant asosida “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) roʻyxati tasdiqlandi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari va fanlarini joriy qilish koʻzda tutilgan OTM roʻyxati (15 ta) tasdiqlandi.
2021-yildan sunʼiy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.
“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil qilinadi.