Ayrim qishloq xoʻjaligi korxonalari qoʻllab-quvvatlanadi

    “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-304-son, 28.08.2024-y.) qabul qilindi

    Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

    Qarorga koʻra, shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun ikki baravar miqdorida yer soligʻini hisoblash tartibi bekor qilinadi.

    Shuningdek, ushbu yer uchastkalari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib hisoblash tartibi oʻrnatiladi.