«Takror va takror aytaman – “hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi” deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak», — dedi davlatimiz rahbari.
Lekin koʻp rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra koʻp ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan oʻzi shaxsan shugʻullanishi shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak boʻlgan yangi-yangi masalalarni qoʻymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar koʻp.
Ayrim rahbarlar tendensiyalarni oʻrganib, xatarlarni toʻgʻri baholab, tadbirkorlarga yoʻl ochish oʻrniga oʻzlari toʻsiq boʻlayotgani tanqid qilindi.
Bundaylarga nisbatan qattiq chora koʻrilishi qayd etildi.