▫️I va II guruh nogironlari;
▫️1941 – 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;
▫️harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
▫️nogiron farzandlari boʻlgan oilalar;
▫️tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
▫️xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
▫️lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan korxona bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
▫️xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
▫️oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
▫️xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari;
▫️voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar.