Unga koʻra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2024-yil II chorakdan boshlab 128 700 soʻmni tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun qayd etish joizki, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yil II-choragida 55 foizga oshirilib 116 180 soʻmni tashkil qilgan edi, III-choragida esa ushbu miqdor 119 640 soʻmga, IV chorakdan boshlab 120 660 soʻmga, 2024-yil I-choragida 124 780 soʻmga oshirilgan.
Benzin uchun kompensatsiya toʻlovlari “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan moliyalashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yashash joyi boʻyicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati.