Qonun loyihasiga koʻra, quyidagilar umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishi taqiqlanadi:
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
psixiatriya yoki narkalogiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (sudlanganlik holati tugatilganligi, olib tashlanganligidan qatʼi nazar) shaxslar;
jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni (qasddan) sodir etgan shaxslar.
Qonun loyihasiga 23-noyabrga qadar taklif yuborish mumkin.