Qayd etilishicha, mazkur tanlov “Oʻqituvchilar almashinuvi Koreya-Oʻzbekiston 2024” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha boʻyicha 5 nafar oʻqituvchi tanlab olinadi. Ular Koreyada 2024-yilning 1-martidan 2025-yilning 28-fevraliga qadar faoliyat yuritishadi.
Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi, koreys tilidan (TOPIK) sertifikatga, Taʼlim markazi yoki King Sejong institutida koreys tili kurslarini tamomlaganlik sertifikatlari va boshqa sertifikatlarga ega boʻlishi, hamda Koreya vizasini olishda cheklovlari boʻlmagan pedagoglar boʻlishi kerak.
Shuningdek, ularga oldingi ish joylariga qaytgandan keyin kamida 4-yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Gʻoliblarga ikki tomonlama aviachiptalar, har oylik maosh, turar joy va tibbiy xizmat toʻlovlari toʻlab beriladi.