Qarorga koʻra, 2022-yil 31-dekabrgacha quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi:
yuk tashish uchun moʻljallangan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);
yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);
haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).
Shuningdek. endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizatsiya yigʻimi undirilmaydi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.