Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan gʻildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Bunda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni taʼminlaydi.
VIN kodi uchta boʻlimdan iborat:
— ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
— tavsiflovchi qismi (VDS);
— koʻrsatuvchi qismi (VIS).
VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi hisoblanadi.