баннер
26 Apr 2025
09:07

    Ayrim tuman hokimlari investitsiyalar masalasida tanqid qilindi

    Yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.

    Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

    Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar roʻyxatini yuritish, ular koʻtargan har bir masala boʻyicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech