баннер
24 Mar 2025
03:44

    Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

    Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, 2025-yil 1-martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.

    Qarorga koʻra, 2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Fargʻona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sigʻimi 100 tonnadan kam boʻlmagan muzlatkichli sigʻimlar, urugʻlik, koʻchat, kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.

    Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va maʼlumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish boʻyicha yagona xizmat koʻrsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.

    Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech