Ayrim tumanlarda sanoat pasaygani, baʼzilarida deyarli oʻsmagani tanqid qilindi

    Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, oʻsish 8,6 foizni tashkil qildi.

    Xususan, 87 ta tumanda hududiy sanoat oʻsishi respublika koʻrsatkichidan yuqori boʻldi. Lekin ayrim tumanlarda sanoat pasaygani, baʼzilarida deyarli oʻsmagani koʻrsatib oʻtildi.

    Toʻliq quvvatda ishlamayotgan 295 ta korxona faoliyati tiklanib, ishlab chiqarish hajmi 390 milliard soʻmga koʻpaydi.

    Viloyat hokimlari va mutasaddilarga yana 2 mingdan ortiq korxona muammosini hal qilib, yil yakunigacha ishlab chiqarish hajmlarini tiklash vazifasi qoʻyildi.

    Umuman, barcha vazirliklar va viloyat hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

    Shuningdek, tannarxni kamaytirish, istiqbolli bozorlarga yoʻl ochish, hududlarda tadbirkorlar masalasini tez va shaffof hal qilishda 7 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.