Tumanlar hokimlari qolgan oʻrinlar nima hisobidan yaratilishini oʻylamayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 118 ta bogʻchadagi 255 ta xona taʼmirga muhtoj boʻlgani uchun boʻsh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bogʻchani qurish va taʼmirlash 2-3-yildan beri choʻzilmoqda.

Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bogʻcha hali taʼmirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Boʻstonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bogʻcha qurilishi yakunlanmagan.

Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bogʻchadagi xonalarni taʼmirlab jihozlashga, yana 8 ta bogʻchani toʻliq ishga tushirishga 1-noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.