“O'zgidromet” xabariga ko'ra, bugun kunduzi respublika bo'yicha yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo'ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32° bo'ladi.

Tog' oldi va tog'li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-24° bo'ladi.