Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-3-moddasiga muvofiq maʼmuriy sudlarning qarorlariga koʻra Andijon va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmalarining buyruqlariga asosan: Andijon viloyati, Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Abdukarimxodjayeva Gulgina Abdulazizovnaning (litsenziya AN № 0011, 20.04.2020-y.);
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Jobborov Abror Dilshodovichning (litsenziya KS № 0039, 27.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi tugatildi, deya xabar qiladi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.