Ayrim yoʻnalishlar tarmogʻi maqbullashtiriladi

    Urbanizatsiya 12 May 2022 922

    2022-yil 11-maydan boshlab yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ayrim yoʻnalishlar tarmogʻi maqbullashtiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Shunga koʻra:

    “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha — Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishining harakatini Qipchoq koʻchasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli koʻchasi), Obihayot, Yangi Sergeli yoʻli koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;

    “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 75 - sonli “Toshkent metallurgiya zavodi — Oqtepa maydoni” avtobus yoʻnalishining harakatini “Surum mahallasi” soʻnggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yoʻli, Chortoq, Qanora, Magʻrib, Davlatobod, Qoʻrgʻontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yoʻli, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli koʻchasi), Qatortol koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etildi.