Bu boʻyicha Prezidentning “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
- avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
- kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 oʻquv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
- ayni bir shaxs 1-yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan koʻpi bilan 2-marta foydalanishi mumkin.









